18 May 2022 yil 284

Ulugʻnor tumani IIB JQB xodimlari tomonidan “Qoradori-2022” tadbiri davomida 23 tup “nasha” oʻsimligini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

2022-yil 12-may kuni soat 17:30larda Ulugʻnor tumani IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori-2022” tadbiri davomida Ulugʻnor tumanida istiqomat qiluvchi A.J.ning yashash uyi koʻzdan kechirilganida tomorqasida 23 tup “nasha” oʻsimligini ekib parvarish qilib kelayotganligi va bundan tashqari ekinlar orasida ogʻirligi 50,5 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Ulugʻnor tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2-qismlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlarini olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech