4 Iyun 2021 yil 697

Vatan taqdiri mening taqdirimda” shiori ostida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2 iyun kuni Andijon davlat universitetida “Vatan taqdiri mening taqdirimda” shiori ostida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet talabalari va Andijon viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi Yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori katta leytenant M.Z.Axmedov ham yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, uning kelib chiqish sabablari, bartaraf etish bo‘yicha innovatsion yondashilgan usul va takliflarni o‘z ichiga olgan o‘zining “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzusi bilan ishtirok etdi.

Inson hayoti uchun qon qanchalar muhim bo‘lsa, millat yashashi, kelajak ravnaq topishi uchun yoshlar shunchalar muhimdir. Ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarlik tushunchalari bo‘yicha profilaktik ishlarni keng qamrovli tashkil etish, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ongu shuuriga Vatanga bo‘lgan muhabbat, milliy mafkuramizni, qadriyatlarimizni singdirib borish, shuningdek, mustaqil fikrli shaxs etib tarbiyalash, ayniqsa, aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadigan O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasidir. Zero, bugungi mavzusi orqali ichki ishlar organlari yosh xodimi ham shu maqsadda aynan “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzusini tanladi va o‘z izlanishlarini barcha yoshlar o‘rtasida keng muhokama qildilar.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech