11 Avgust 2022 yil 214

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida xodimlar oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishi qabul qilingan.

Shunga koʻra ichki ishlar organlari tizimida joriy yil 1-avgust kunidan 1-sentyabr kuniga qadar “Vatanparvarlik oyligi” deb belgilandi.

“Vatanparvarlik oyligi” davomida Andijon shahri boʻyicha IIOFMB xodimlari oʻrtasida sportning “Shaxmat” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Boʻlib oʻtgan musobaqada gʻolib boʻlgan xodimlar taqdirlandilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech