8 Avgust 2022 yil 286

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Xoʻjaobod tumani IIBda koʻchma kutubxona tashkil etildi

Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani IIBda “Vatanparvarlik” oyligi doirasida tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan koʻchma kutubxona tashkil etildi.

Mazkur koʻchma kutubxonadan koʻzlangan asosiy maqsad, xodimlarni bilim va malakalarini boyitish, fikrlash doirasini kengaytirish, xodimlar oʻzlarining boʻsh vaqtlarida boy madaniy merosimiz, tarixiy anʼanalarimiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning maʼnaviy-maʼrifiy hamda huquqiy savodxonliklarini oshirishdan iboratdir.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech