29 Iyul 2022 yil 380

Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun Xo‘jaobod tumani “Guliston”, “Dilkushod”, “Quvvat-Murod” mahallalarida Andijon viloyati IIB T va EQKB boshlig‘i podpolkovnik Q.Ergashev hamda tuman 3-sektor rahbari IIB boshlig‘i R.Jaloldinov yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Jumladan uchrashuvda asosiy eʼtibor yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, kasbga yo‘naltirish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish kabi vazifalarni amalga oshirishga qaratildi.

Uchrashuv yoshlar bilan o‘zaro muloqot shaklida o‘tkazilib, masʼullar tomonidan yoshlar muammolari tinglandi va amaliy chora ko‘rish belgilandi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech