19 Avgust 2022 yil 392

Xoʻjaobod tumani IIB boshligʻi Guliston MFY yoshlari bilan uchrashdi

Xoʻjaobod tumani “Guliston” mahallasida tuman 3-sektor rahbari, IIB boshligʻi R.Z.Jaloldinov yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Asosiy eʼtibor yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, kasbga yoʻnaltirish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish kabi vazifalarni amalga oshirishga qaratildi.

Uchrashuv yoshlar bilan oʻzaro muloqot shaklida oʻtkazilib, masʼullar tomonidan yoshlar muammolari tinglandi va amaliy chora koʻrish belgilandi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech