19 May 2020 yil 1055

Xoʼjaobod tumani IIB xodimlarining say-harakatlari natijasida bir guruh bosqinchilar qoʼlga olindi

Xo‘jaobod tuman IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, 2020 yil 17 may kunidan 18 may kuniga o‘tar kechasi  tumanning Ipakchi MFYda yashovchi fuqaro D.G.ning yashash uyida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tezkor tadbir davomida 3 nafar noma'lum shaxs xo‘jalik pichog‘i bilan qurollanib,  yuzlariga niqob taqib olgan xolda xonadon egasi D.G.dan bosqinchilik yo‘li bilan pul talab qilish maqsadida xonadonga devor oshish yo‘li orqali kirishgan vaqtlarida pistirmada turgan IIB xodimlari tomonidan ushlandilar.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ular Buloqboshi tumanida yashovchi fuqarolar X.N, B.J, I.A.lar bo‘lib chiqdi. Ulardan 3 dona xo‘jalik pichog‘i va 3 dona niqoblar daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasining 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yuqoridagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlanganlar. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech