Xo‘jaobod tumanida IIB xodimlari tomonidan jinoyatchilikni oldini olish hamda “Xavfsiz hovli” tizimi asosida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani IIB JXX HPB hamda JQB xodimlari bilan hamkorlikda, tuman hududida firibgarlik, o‘g‘irlik, qasdan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish hamda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida dehqon va buyum bozorlarida fuqarolar o‘rtasida profilaktik ogohlantiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Xo‘jaobod tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan birgalikda uyma-uy yurib, hududdagi xonadonlarga kirgan holda, mahalla hududida istiqomat qilayotgan barcha oilalar bilan suhbatlashib “fuqarobay” tamoyili asosida ularning muammolari o‘rganilmoqda.
Xususan, ular orasidan ehtiyojmand, daromad manbai yo‘q, taʼlim muassasasini tamomlab ishga kira olmagan fuqarolar aniqlanib ularga amaliy ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan bir qatorda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslarning ahvoli to‘g‘risida o‘rganilib muammolarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati