30 Iyul 2022 yil
347
Xonobod shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari sektor hududida yashovchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Xonobod shahar 3-sektor rahbari IIB boshlig‘i F.Maksudov shaharning “Istiqlol” MFY da istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi.
Suhbat davomida uyushmagan ishsiz yoshlarimizni ishga joylashtirish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagi bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish hamda yoshlarimizni sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida mahalladagi yoshlar yetakchisiga kerakli tushuncha va topshiriqlar berildi.
Muammosi bor yoshlarni muammolari o‘rganilib bir qismi joyida ijobiy hal etilib murojaatlar muddat talab etilishini inobatga olinib, aloqador tashkilotlarga ijrosini tezroq va aniq muddatlarda bajarish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati