4 Noyabr 2022 yil
407
Xonobod shahar IIB boshlig‘i boshchiligida 3-sektor hududidagi mahallalarda yoshlar hatlovi o‘tkazilmoqda
Bu jarayonda Xonobod shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari F.Maxsudov boshchiligida masʼullar, sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari hokim yordamchilari, mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etmoqdalar. xonadonbay o‘rganish asnosida yoshlarning murojaatlari o‘rganilmoqda.
Ushbu xatlov davomida uyma-uy yurgan holda 20 turdagi imtiyoz va Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori haqida yoshlarga atroflicha tushunchalar berildi. Yoshlarni murojaatlarini hal etish maqsadida masʼullarga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati