12 Iyul 2022 yil 355

“Yoshlar bilan ishlash oyligi” doirasida Paxtaobod tumanida 3-sektor rahbari va yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Paxtaobod tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari B.Axmedov tomonidan sektor hududidagi “Sohil”, “Iltifot”, “Lolazor”, “Doʻngqishloq” mahalla fuqarolar yigʻinlarining uyushmagan yoshlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar tegishli tashkilotlarning masʼul xodimlari bilan hamkorlikda oʻz yechimini topishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur uchrashuvda yoshlar oʻzlariga qiziq boʻlgan savollar bilan sektor rahbariga murojaat qildilar. Bir soʻz bilan aytganda sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi ochiq muloqot tarzida davom etdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech