8 Oktyabr 2020 yil 1126

“YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida “Andijon viloyati Baliqçi tumani shifokorlari tuman Ichki Ishlari hodimlarining ishidan norozi” sarlavhasi bilan joylangan videomurojaat bo‘yicha rasmiy munosabat

2020 yil 06 oktyabr' kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati Baliqçhi tumani shifokorlari tuman Ichki Ishlari hodimlarining ishidan norozi” sarlavhasi bilan videomurojaat joylashtirildi. Ushbu videomurojaatda Andijon viloyati Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi tramotologiya bo‘limiga olib kelingan bemor yuzasidan ichki ishlar va shifokorlar o‘rtasida o‘zaro noaniqlik vujudga kelganligi bayon etilgan. Mazkur holat Andijon viloyati IIBning mas'ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, 2019 yil 06 sentyabr' kuni soat 10:15 larda Baliqchi tumani, Sho‘r MFY, Guldiyor ko‘chasida yashagan fuqaro V.Sh Chinobod shaharchasida joylashgan “Orzu” oshxonasining yonidan mast holatda o‘tib ketayotgan vaqtda, ehtiyotsizligi sababli yerga yiqilib tan jarohati olgan va tez yordam mashinasida Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli  shoshilinch tez yordam bo‘limiga olib kelingan.

Bu joyda fuqaro V.Sh shifokorlar tomonidan qabul qilinib, rengen tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.Tekshiruv xulosalariga ko‘ra V.Sh.ning bosh suyak sohalarida sinish belgilari aniqlanmaganligi hamda  uning mastligi sababli shifoxonadan ketishga ruxsat berilgan.

Shundan keyin V.Sh.ning mastligi uchun uning oila a'zolari profilaktika inspektorini chaqirishgan va u Baliqchi tumani IIB 11-sonli IIBga olib kelingan. Shu kuni V.Sh.ning sog‘ligi yomonlashib, xushiga kelmaganligi sababli tez yordam mashinasida yana shoshilinch tez yordam bo‘limiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan qilingan muolajalarga qaramasdan fuqaro V.Sh 2019 yil 07 sentyabr' kuni tong saharda vafot etgan.

Xodisa joyiga tuman IIB tezkor tergov guruhi va tuman prokuraturasi mas'ul xodimlari chiqishib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda V.Sh.ning o‘zi yiqilib tan jarohati olganligi mavjud videokuzatuv kameralarining video yozuvlari orqali o‘z isbotini topgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, komissiyaviy sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, 07.10.2019 yilda JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish xaqida qaror qabul qilingan.

Komissiyaviy sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, V.Sh.ning vafot etganlik holati yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez yordam bo‘limi shifokorlari tomonidan yetarli darajada tibbiy muolajalar olib borilmaganligi oqibatida uning o‘limiga sababchi bo‘lganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish qarori bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasiga ko‘ra, 18.05.2020 yil kuni holat yuzasidan JKning 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Baliqchi tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

 

 

Text to speech