O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi 2025/2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim bakalavriatining “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati (Kiberxavfsizlik)” yo‘nalishiga qo‘shimcha tanlov e’lon qiladi!
Muddat: Nomzodlardan arizalar 2025-yil 14-iyuldan 30-iyulga qadar qabul qilinadi.
Talab etiladigan hujjatlar:
Nomzod arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
Anketa (ma’lumotnoma);
Harbiy guvohnoma yoki chaqiriluvchining qayd etilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
O‘qish yoki ish joyidan tavsifnoma (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa);
Doimiy yashash joyidan, sog‘lig‘i holati haqida belgilangan namunadagi ma’lumotnoma (bo‘y-basti ko‘rsatilgan bo‘lishi shart);
Ota-onaning Akademiyaga o‘qishga kirishga rozilik xati.
O‘qishga qabul qilish bosqichlari:
Dastlabki tanlov
Maxsus kasbiy tanlov
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat
Imtiyozlar:
Quyidagi nomzodlar yakuniy suhbatdan ozod etiladi:
Xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari;
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
IIV akademik litseylarining huquqshunoslik fani bo‘yicha idoraviy olimpiada g‘oliblari (agar dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan o‘tsa);
Matematika, informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy va respublika olimpiada sovrindorlari (davlat komissiyasi qaroriga binoan, dastlabki tanlovdan so‘ng).
Eslatma: Akademiyada o‘qish mutlaqo bepul, kursantlar o‘qish davomida yotoqxona va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Manzil: Andijon shahri, A.Navoiy shoh ko‘chasi 26- o‘y, Andijon viloyati IIB
Tel raqamlari : +998 74. 299-11-70, +998 97. 273-11-44
Ish vaqti : 09:00 - 18:00