Jalaquduq tumani “Dehqon bozori”da huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi
2020 yil 22 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga "Andijon, Jalaquduq tumani Dexqon bozor yonida mashinalarni rasmga olib yurganlar ushlanibdi" sarlavhasi bilan videolavha joylandi. Ushbu videotasvirdagi barcha holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, 2020 yilning 22 dekabr kuni soat 11:00larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro N.Q Jalaquduq tumani markazida joylashgan “Dehqon bozori”ga mevalar narx-navosini bilish uchun kelib, bozorni fotosuratga olayotgan vaqtida bir necha fuqarolar N.Q.ni boshqa maqsadda suratga olyapti deb o‘ylab, jamoat joyida turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilishgan.
Ushbu holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB XPB ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika katta inspektori A.Yuldashev tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijasi yuzasidan quyidagilar aniqlandi.
Jumladan, fuqarolar A.D, M.R, A.A, J.Z, va Q.D.lar jamoat joyida turli haqoratli so‘zlar bilan baqir-chaqir qilishganligi uchun ularning harakatlarida O‘zbekiston respublikasi MJtKning 183-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi bois, to‘plangan hujjatlar chora ko‘rishlik uchun Jalaquduq tuman maʼmuriy sudiga yuborildi.
2020 yil 25 dekabr kuni maʼmuriy ish sudda ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima qo‘llanildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati