19 Mart 2021 yil 684

Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tuman hududida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlar yuzasidan tuman IIB binosida ertalabki yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda, Jalaquduq tumani IIB boshlig‘i tomonidan tadbir o‘tkazilishi uchun yig‘ilgan tuman IIB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari va korxona tashkilot, tuman hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillariga belgilangan tartibda topshiriq va vazifalar  belgilab berildi.    

Dastlab, Jalaqaduq tumani Bozorboshi mahallasida joylashgan “Dehqon bozori” va “Savdo kompleksi”da profilaktika inspektorlari, milliy gvardiya va bozor maʼmuriyati xodimlari bilan hamkorlikda firibgarlarga aldanib qolmaslik va o‘g‘irlik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha tadbirkorlarga tushunchalar berilib, aholi o‘rtasida targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi.

Profilaktika kuni tadbiri davomida yo‘l harakat xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari va haydovchilarga yo‘l harakat xavfsizligi qonun-qoidalari bo‘yicha tushuncha va ko‘rsatmalar berildi. Ayrim qoida buzgan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shundan so‘ng tuman o‘ramida joylashgan 18-sonli bolalar musiqa maktabida mutasaddi tashkilotlar hamkorligida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Mehnat yarmarkasiga tuman IIB HPB va Probatsiya bo‘linmasida hisobda turgan shaxslarga bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.

Xususan, 10 nafar muqaddam sudlangan shaxslar ishga joylashtirildi. Tadbir davomida, jinoyat ishlar bo‘yicha Jalaquduq tuman sudining raisi ishtirokida sayyor sud majlisi tashkil etildi. Sud jarayonida profilaktika inspektorlari va Probatsiya xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar ko‘rib chiqildi. Sud tomonidan 2 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi, 5 nafar shaxslarga nisbatan jarima jazosi, 1 nafar muqaddam sudlanib, maʼmuriy nazorat ostida turuvchilarga nisbatan 6 oy maʼmuriy nazorat o‘rnatildi. Bundan tashqari, Probatsiya hisobida turgan 2 nafar yoshlar muddatidan avval jazodan ozod etildi.

Shundan so‘ng tuman IIB HPB katta inspektori, hududiy profilaktika inspektori hamda yo‘l harakat havsizligi xodimlari bilan birgalikda, Jalaquduq tumani XTBga qarashli 18-umumtaʼlim maktabiga “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida davomat, tig‘, yo‘l harakati xavfsiziligi, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, tuman o‘ramida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antirerror” va “Zarbdor” oyligi munosabati bilan Hamzaobod MFY raisi, tibbiyot xodimlari profilaktika inspektorlari bilan birgalikda xonadonlarga tashrif buyurilib, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar olib borildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech