18 Yanvar 2021 yil 1837

Vatan sarhadlari ishonchli qo‘llarda

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Cho‘lpon yodgorliklar muzeyi” bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Andijon akademik litseyi bilan hamkorlikda “Vatan sarhadlari ishonchli qo‘llarda”  mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda  akademik litseyining 2 bosqich 6-guruh o‘quvchilari, afg‘on urushi qatnashchilari hamda muzey xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, Cho‘lpon yodgorlik muzeyi  bo‘limi mudiri K.Mamatqulov o‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlashni  niyat qilgan butun bo‘lajak Vatanimiz  posbonlariga muzey jamoasining  tabrigini o‘qib eshittirdi.  So‘ngra “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida maʼruzasi tinglandi.  Tadbir samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tdi. “O‘zbekiston Qurolli kuchlari tarixi ”, “Amir Temur davridagi  harbiy  siyosat” ,  kabi mavzularga oid savol-javoblar qizg‘in davra suhbatiga aylanib ketdi. Afg‘on urushi qatnashchisi Qosimjon Sobirov yoshlarga urush voqealarini so‘zlab, tinchlikni qadriga yetishlarini taʼkidlab o‘tdi. O‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan adabiy va musiqiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha  fayz bag‘ishladi.

Saf qo‘shiqlari sadolari ostida safda yurish mashqlarini ko‘rsatib berdilar. Ayniqsa, akademik litsey  axborot-resurs markazi rahbari G.Anorboyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining bugungi  kundagi  nufuzi,  harbiy kadrlarni tayyorlash borasida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorliklari hamda Amir Temur harbiy siyosati to‘g‘risidagi qiziqarli  maʼlumotlar muzey xodimlari va tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Litsey o‘quvchilari Cho‘lpon sheʼrlaridan namunalar o‘qidilar. Tadbir doirasida o‘quvchi-yoshlarga muzey ekspozitsiyasi bo‘ylab chuqurlashtirilgan  mavzuli  ekskursiya  tashkil etildi. Muzey xodimi  R.Muhammedova tomonidan tadbir ishtirokchilariga kitoblar va bukletlar taqdim qilindi. 

Ushbu tadbir davomida  o‘quvchi-yoshlar Ona-yurtga sodiq farzand bo‘lib,  masʼuliyat bilan  Vatanni  himoya  qilishlari, har qanday vaziyatda xam Vatan himoyasiga doim tayyor va sergak bo‘lishlari kerakligini anglab yetdilar. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech