30 May 2020 yil 778

Andijonda spirtli ichimlik ta'sirida tanishiga pichoq urgan fuqaro qilmishi keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi

Shu yilning 28 may kuni soat 17:00lar chamasida, Qo‘rg‘ontepa tumani, Toshloq  MFYda yashovchi fuqaro M.N shu mahallada yashovchi tanishi Ya.R bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilishib, uning ta'sirida o‘zaro janjallashadilar. Ushbu kelishmovchilik oqibati noxush vaziyat bilan yakun topadi. Fuqaro Ya.R xo‘jalik pichog‘i bilan M.N.ning chap yelka sohasiga bir marotaba zarba berib, unga o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazadi.  

Ushbu jinoyatni Qo‘rg‘ontepa tumani, Toshloq MFYda istiqomat qiluvchi aholi vakillariga ta'sirchan usullarda yetkazish maqsadida mazkur salbiy hatti-harakatni sodir etgan shahs ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Andijon viloyati IIB tashabbusi bilan o‘tkazilgan muhokamada ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari tub ildizigacha tahlil qilindi. Yigilish kun tartibidagi masala yuzasidan Andijon IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik S.B.Djabborov so‘zga chiqib, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashishga butun jamoatchilik, xususan, mahalla, xotin kizlar, yoshlar ittifoqi, nuroniy otaxon va onaxonlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan amaliy say-harakatlarga karamasdan, ayrim fukarolarning yukoridagi kabi tan jaroxati yetkazish jinoyatlarini sodir etayotganliklari uyatli holatlardan biri ekanligi ta'kidlab o‘tildi.  

Shuningdek, aksariyat mahalalarda qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh -urug‘larning atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarqlik bilan qarab, ko‘rib- ko‘rmaslikka olayotganliklari, bo‘layotan  xolatlarga tomoshabin bo‘lib o‘rganib qolayotganliklari, “Sen menga tegma, men senga tegmayman” kabilida ish tutilayotganliklari keskin qoralandi. Muhokamada ishtirok etgan fuqarolar ham sodir etilgan bu jinoyat bo‘yicha o‘z munosabatlarini ochiq oydin bayon etdilar.

Bo‘lib o‘tgan bu voqeani muhokamada ishtirok etganlarning barchasi oilasi, qarindosh-urug‘lari, mahallasidagilarga ibrat olish maqsadida yetkazishlari shart ekanligi qayta-qayta  ta'kidlandi. Fuqarolar o‘rtasidagi oddiy kelishmovchiliklar noxush jinoyatlarga sabab bo‘layotgani, bunda joylardagi mutasaddilar shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirishga  dolzarb vazifa sifatida qarashlari zururligi yana bir bora eslatib o‘tildi. Shuningdek, Bu kabi ko‘ngilsiz holat uchun qonunchiligimizda belgilangan qat'iy jazo choralari qo‘llanilishi, jinoyatga jazo mukarrarligi alohida ta'kidlab o‘tildi.  

Muhokama so‘ngida mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablarini boshqa mahallalardagi keng jamoatchilik vakillariga ham yanada ta'sirchan usullarda yetkazish bo‘yicha xududiy proflaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, ko‘chaboshilari, oqsoqollari hamda mahalla faollariga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech