6 Iyun 2023 yil 461

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning psixodiagnostik tekshiruvidan o‘tkazilishi davom etmoqda

Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘limi psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib ularning psixologik portretlari yaratilmoqda.

Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Hozirda shaxsiy tarkib o‘rtasida bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech