9 Iyun 2020 yil 731

Andijon shahrida o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida 147 ta karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari aniqlandi

Andijon shahri hududida koronavirus pandemiyasi davrida faoliyat olib borayotgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat do‘konlari, maishiy xizmat ko‘rsatish hamda boshqa turdagi savdo shahobchalari, shuningdek, fuqarolar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan Andijon viloyati IIB tashabbusi bilan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.  

Hususan, Andijon viloyati IIB, Milliy Gvardiya, DSENM hamda viloyat Davlat soliq boshqarmasi hodimlaridan iborat 6 ta ishchi guruh tuzilib, Andijon shahri bo‘ylab o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Shu yilning 3-8 iyun kunlari 6 ta yo‘nalishga biriktirilgan xodimlar tomonidan jami mavjud oziq-ovqat,  nooziq-ovqat, maishiy xizmat ko‘rsatish hamda boshqa turdagi ob'ektlarda epidemiologik-nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida, jami 147 ta karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari aniqlandi. Ularning 124 tasi jamoat joylarida niqob taqmasdan harakatlanayotgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, qolgan 23 nafari karantin qoidalariga rioya qilmagan xolda o‘z xizmat faoliyatini tashkil etib olgan fuqarolardir.

Karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan fuqarolarning barchasiga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylatirilib, qonuniy choralar ko‘rildi. Bu kabi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech