3 Noyabr 2020 yil 723

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining bu galgi sayyor uchrashuvi marhamatlik yoshlar va xotin-qizlar bilan o‘tkazildi

2020 yilning 3 noyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Azat Tasbaev Marhamat tumani, Mingtepa MFYda joylashgan 3-sektor shtabida xotin-qizlar va yoshlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Marhamat tumani hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Marhamat tumanidagi “Xalq qabulxonasi” mas'ul xodimlari hamda barcha mutasaddi tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv jarayonida jami 59 nafar yoshlar va xotin-qizlardan ishga joylashish, tadbirkorlik uchun kredit va yer olish, issiqxona qurish uchun subsidiya ajratish, elektr energiyasi va suv yo‘llarini yaxshilash, moddiy yordam, pasport, uy-joy, fuqarolik va aliment masalalari hamda yana boshqa turli muammolar bo‘yicha kelib tushgan jami 81 ta murojaat uchrashuv jarayonining o‘zida ko‘rib chiqildi. 

Murojaatlarning 16 tasi qabul jarayonining o‘zida qanoatlantirilgan bo‘lsa, 7 tasi bo‘yicha ularning mualliflariga bevosita tushuntirish va huquqiy ma'lumotlar berish orqali hal etildi.

Shuningdek, 58 ta murojaat tegishli idoraviy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ijroga olindi va ularni qisqa muddatlarda hal etish choralari ko‘rildi.   

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech