Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “Eng faol faxriy xodim” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 15-iyuldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatida faxriy xodimlarning rolini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 13-sentyabr kuni Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “Eng faol faxriy xodim” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda boshqarmaning sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIBlarining faxriy xodimlari ishtirok etishdi.
Mazkur tanlov nizomiga ko‘ra faxriy xodimlar 3 ta shart asosida bellashdilar. Dastlabki shart shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi shartda tanlov ishtirokchilari dunyodagi hozirgi siyosiy vaziyat va tarixdan olingan savollarga javob berishli. Uchinchi shartda esa faxriy xodimlarning ish faoliyatini aks ettiruvchi fotoalbom hamda qilingan ishlar maʼlumotnomasi o‘rganildi.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, isteʼfodagi podpolkovnik Yuldashev Sohibjon Sobirovich uchinchi o‘rinni, isteʼfodagi podpolkovnik Bo‘tayev Valijon G‘aniyevich ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, isteʼfodagi polkovnik Rahimov G‘ulomjon G‘ofurovich, tanlovning mutlaq g‘olibligini qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.
Tanlovning g‘olib va sovrindorlari boshqarma rahbariyati tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati