Andijonda tazyiqqa uchragan ayollarga himoya orderlari berildi
Ma'lumki, yurtimizda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan. Mazkur hujjatlar bilan xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilinishi alohida nazoratga olingan. Oilada tazyiqqa uchragan ayollarga "Himoya orderi" berilishi belgilangan. Bu borada Andijon viloyati IIB tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori B.Mirzaeva hamda Yoyilma MFY profilaktika inspektori M.Jo‘raev tomonidan ushbu mahallada yashovchi doimiy ravishda janjallashib kelayotgan oila bilan profilaktik ishlar olib borilib, fuqaro A.U.ning jismoniy tayziqqa uchrayotganligi sababli unga himoya orderi berildi.
Shuningdek, Andijon viloyati Shahrixon tumani Qorako‘rpa MFYda yashovchi oilaviy nizolanayotgan S.D hamda qayinopasi D.F.ga tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida tuman IIB HPB IIO TP profilaktika inspektori katta leytenant T.Saydaliev va HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori S.Mamatqulova tomonidan kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maksadida himoya orderi berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati