17 Sentyabr 2021 yil 623

1 kilogramm “marixuana” giyohvand moddasini 400 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi

2021 yil 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB hamda Andijon viloyati IIB JQB  xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir natijasida Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro Q.O shisha idishlarida sotish maqsadida saqlab kelayotgan jami 1 kilogramm “marixuana” giyohvand moddasini xolis xaridorga 400 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.  

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech