1 Oktyabr 2021 yil 503

1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan tergov faxriylari xolidan xabar olindi

Andijon viloyati IIB Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergov xizmatida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib, hozirda nafaqalik gashtini so‘rayotgan bir qator faxriylarning yashash uylariga tashrif buyurildi.

Xususan, isteʼfodagi polkovniklar Maxsudov Alisher Abdullayevich hamda Maxmudov Maxammadjon Adiljanovich, shuningdek, isteʼfodagi podpolkovnik Ibragimov Ulug‘bek Sanjarovichlar shular jumlasidandir. Tergov faxriylari 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabriklanib, ularga O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti va Andijon viloyati IIB rahbariyati hamda xodimlarining samimiy tilaklari yetkazildi.

Faxriylar ham ko‘rsatilayotgan bu kabi eʼtibor va ehtiromlar uchun Ichki ishlar vazirligi va boshqarma rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech