“25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
BMT Bosh Assambleyasining 1999-yilning 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan “25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” deb eʼlon qilingan.
BMT shu orqali barcha hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, nodavlat tashkilotlarini mazkur kunda jamoatchilikni ushbu dolzarb muammo haqida xabardor etishga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkillashtirishga chaqirdi.
Shunga asosan joriy yilning 25-noyabr kuni Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar ishtirokida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari ishtirok etib, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish hamda ularning huqu va erkinliklari to‘g‘risida atroflicha tushunchalar yetkazildi.
Shuningdek, xotin-qizlarga zo‘ravonliklarning barcha turlaridan jabrlanib qolmasliklari uchun huquqiy tavsiyalar berildi.
Davra suhbati davomida talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati