24 Oktyabr 2024 yil 3468

“25-oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan 95 yoshni qarshilayotgan isteʼfodagi mayor Abduqahhor ota Malikovning xolidan xabar olindi

 Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ayubxon Rahmatullayev boshchiligida ichki ishlar organlarida uzoq yillar faoliyat olib borib, hozirda nafaqada bo‘lgan 95 yoshni qarshilayotgan isteʼfodagi mayor Abduqahhor ota Malikovning yashash xonadoniga tashrif buyurilib, faxriy xodimning xolidan xabar olindi.

Dastlab, Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonovning "25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tabrigi o‘qib eshittirilib, mamlakatimiz osoyishtaligini taʼminlashga o‘z hayotini bag‘ishlagan Abduqahhor ota Malikov bayram bilan samimiy  muborakbod etildi!

Bundan tashqari faxriy xodimga Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi mutaxassislari tomonidan tibbiy xizmatlar ham ko‘rsatildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech