25 Oktyabr 2022 yil 485

25-oktyabr “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari uchun tadbir tashkil etildi

Andijon viloyati IIB Saf maydonida bo‘lib o‘tgan tadbirga faxriylar, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari taklif etildi.

Saf maydonida boshqarma apparati ofitserlari tarkibi, PPX va JTSB, TVBSO, YHXB, Akademik litseyi o‘quvchilari hamda ayol xodimlaridan iborat shaxsiy tarkib saflandi.

Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng Andijon viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Ayubxon Raxmatullayev 25-oktyabr “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bilan barcha ichki ishlar organlari xodimlarini muborakbod etdi!

Bugungi sana munosabati bilan Andijon viloyati ichki ishlar organlarida namunali xizmat qilib kelayotgan ayrim xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Ichki ishlar Vaziri, Andijon viloyati hokimi hamda boshqarma boshlig‘ining turli darajadagi mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofotlar Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi.

Tantanali marosimdan so‘ng barcha guruhlar orkestr ijrosidagi musiqa sadolari ostida tantanali saf yurishdan o‘tdilar. Tadbir yakunida Andijon viloyati IIB rahbariyati, faxriylar hamda vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari “Xotira maydoni”ga gullar qo‘ydi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech