9 May 2025 yil 2346

"9-may — Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Andijon shahridagi Xotira maydonida tashkil etilgan tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ham ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirildi

Millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Qadr -insonni yuksaklikka ko‘tarib, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga oliyjanoblikka yetaklaydi.

“9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Andijon shahridagi Xotira maydonida viloyat hokimligi, Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar va keng jamoatchilik jam bo‘ldi.

Unda Andijon viloyati IIB rahbariyati boshchiligidagi shaxsiy tarkib ham Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yishib, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar.

Xotira maydonidagi urush va ayriliqlardan qaddi dol Motamsaro ona haykali har birimizni hushyorlikka chorlaydi, bugungi yorug‘ kunlarimizning qadriga yetib yashashga da’vat etadi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: