11 May 2023 yil 635

“Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi xodimlari tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi XTBga qarashli 39-umumiy o‘rta taʼlim maktabida “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh avlodning turli yot oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish internet jahon axborot tarmog‘idan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarida foydalanishga qarshi kurashish,fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish masalalariga to‘xtalib, unga qarshi kurashishda barcha, ayniqsa, yoshlar faol bo‘lishi lozimligi tushuntirildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati                  

Text to speech