Ayol borki – olam munavvar!
Joriy yilning 6 mart kuni “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan IIV Andijon akademik litseyi o‘qituvchi-pedagog va ishchi-xizmatchi ayollari hamda o‘quvchi-qizlari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirning rasmiy qismida akademik litseyni barcha ayollari direktorning buyrug‘iga asosan mukofotlar bilan taqdirlandilar. Bayram tadbirida Akademik litseyning faxriy ustozi “Sadoqat va vafo” ko‘krak nishoni sohibasi Axmedova Xadicha Kamalovna ishtirok etib, barcha ayollarimizni bayram bilan tabrikladi. O‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirga akademik litseyning aʼlochi o‘quvchilarining onalari ham taklif etilib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi. Tadbir davomida ayollarni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar, o‘quvchi-yoshlarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.
O‘tkazilayotgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ayollarni jamiyatdagi mavqesini yanada oshirishga hamda shijoat bilan samarali xizmat olib borishlariga undaydi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati