20 Fevral 2021 yil 848

"Ayol kishi tepalikka chiqib olib erimni qo‘yib yuborasanlar yoki o‘zimni pastga tashlayman deyatgani" sarlavhali videotasvir yuzasidan  

Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 19 fevral kuni "Ayol kishi tepalikka chiqib olib erimni qo‘yib yuborasanlar yoki o‘zimni pastga tashlayman deyatgani" sarlavhasi bilan videotasvir tarqaldi. Ushbu videotasvirda aks etgan holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, Shahrixon tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 226-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazish maqsadida 2021 yilning 19 fevral kuni ushbu shaxs tuman IIBga chaqirilgan.

U bilan bog‘liq tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda, uning turmush o‘rtog‘i v.M o‘zining eʼtirozlarini maʼlum qilish uchun tuman IIBda mavjud bo‘lgan suv qudug‘ining ustiga chiqib olgan.

Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida M.K.ning turmush o‘rtog‘i v.M suv qudug‘ining ustidan pastga tushirilib, ularning yashash uyiga ketishlari taʼminlangan. Hozirda M.K.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech