28 Yanvar 2021 yil 892

“Ayollar daftari”ga kiritilgan 35 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Mamlakatimizda xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordam berish, bilim va kasb-hunar o‘rganishga ishtiyoqi bor ishsiz ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” shakllantirilib, ushbu daftarga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Jalaquduq tumandagi Yorqishloq, Toshhovuz,Qutlug‘,Qashqar, G‘alaba  va Yangi ko‘rpa MFYlarida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari” ga kiritilgan 35 nafar tibbiy himoyaga muhtoj ayollar   tuman IIB hotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor D.Mo‘minova hamda  boshqa bir qator hamkor tashkilotlarning yordami bilan   chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari ularga kerakli tavsiyalar asosida zarur dori-darmonlar ro‘yxati ham berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech