12 Noyabr 2021 yil 666

Qalbaki hujjatlar tayyorlab bergan fuqaro  jinoiy javobgarlikka tortildi

Muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish yoki qalbaki hujjatlardan foydalanish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Jumladan, 2021-yil 14-sentyabr kuni Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro A.J. o‘zining kompyuterlarga texnik xizmati ko‘rsatish savdo do‘konida rangli printer yordamida, fuqaro I.M. va boshqalarga 50.000 so‘mdan jami 150.000 so‘m evaziga PSR test deb eʼtirof etilgan “Kamelot Med City” Virusologiya laboratoriyasiga tegishli sertifikatlarni soxtalashtirib bergan. Oqibatda, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib  borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar ogoh bo‘ling! Qalbaki hujjatlar tayyorlab yoki undan foydalanib jinoiy javobgarlikka tortilib qolmang!

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech