Andijonda tovlamachilik jinoyati fosh etildi
Andijon viloyat IIBga Xo‘jaobod tumanida yashovchi erkak fuqaro X.A ariza bilan murojaat qilib o‘ziga notanish bo‘lgan E ismli fuqaro, tanishi R ismli ayol bilan jinsiy aloqa qilganlik holati aks ettirilgan video tasvir mavjudligini aytib, ushbu video tasvirlarni internet ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborishini maʼlum qilib, undan 500 AQSH dollari va uyali aloqa vositasini olib qo‘ygani hamda yana qo‘shimcha 200 AQSH dollari miqdorida pullarni talab qilib kelayotganligi sababli E ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB K va IJQKB hamda Andijon viloyati IIB JQB K va IJQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, E ismli shaxs Andijon shahar hududida tovlamachilik yo‘li bilan ariza muallifi X.A.dan so‘ralgan 200 AQSH dollaridan 2 190 000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda E.S jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati