Andijon viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati targʻibot qilinmoqda
Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlariga qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, 7255 harbiy qism hamda Andijon viloyati IIB apparati xodimlari oʻrtasida olib borilgan targʻibot ishlari davomida Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, 2022-yil 25-apreldagi “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”gi, 2022-yil 11-maydagi “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi, 2022-yil 16-maydagi “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, 2022-yil 17-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-136-sonli Farmoni haqida batafsil tushuntirib oʻtildi.
Ichki ishlar organlari xodimlariga qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati