Andijon axborot texnologiyalar texnikumida yoshlarni diniy ekstremizm yot g‘oyalari taʼsiriga tushib qolmasligini oldini olishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi
Bugungi kunda kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez surʼatlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy taʼsir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida joriy yilning 17 aprel kuni Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi xodimlari tomonidan Andijon tumanidagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti huzuridagi Andijon axborot texnologiyalar texnikumida o‘qituvchi va talabalar ishtirokida “Jaxolatga qarshi maʼrifat va yoshlarni diniy ekstremizm yot g‘oyalari taʼsiriga tushib qolmasligi” mavzusida profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda so‘z olganlar tomonidan bugungi kunda yoshlarning diniy ekstremizm yot g‘oyalari taʼsiriga tushib qolishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar tub ildizigacha tahlil qilinib, ularning achchiq qismati aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.
Uchrashuvda ishtirok etganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.
Hozirda bu kabi targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati