24 May 2023 yil 344

Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan davra suhbatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh talabalar IIBning maxsus ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi

Joriy yilning 19-may kuni Andijon viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi Andijon davlat universitetida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat avvalida so‘z olgan universitetning birinchi prorektori X.Xo‘djamberdiyev respublikamiz qatori viloyatimizda ham huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida tizimli ishlar olib borilayotganligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, viloyat huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Bekmurod Yunusov talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar taʼsiriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini taʼminlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish zarurligi haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida universitetda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tadbirlarida faol ishtirok etib, talabalar orasida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh iqtidorli talabalar IIBning maxsus ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatidan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech