Andijon hamda Oltinkoʻl tumanlarida probatsiya hisobidagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazildi
Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyati miqyosida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha Probatsiya hisobida turgan “jinoyat sodir etishga moyil” va “jinoyat sodir etish xavfi yuqori boʻlgan” shaxslar bilan keng qamrovli tarbiyaviy profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Joriy yilning 27-may kuni Andijon va Oltinkoʻl tumanlarida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tadbir davomida 120 nafardan ortiq Probatsiya hisobida turgan, muqaddam ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyat sodir etgan hamda “jinoyat sodir etishga moyil” va “jinoyat sodir etish xavfi yuqori boʻlgan” shaxslar bilan uchrashib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish boʻyicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, har bir suhbatlashilgan mahkumlardan kelgusida tayinlangan jazolarni belgilangan tartibda oʻtashlari, jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etmasliklari, agarda jazo oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan taqdirda jazolari ogʻirroq turdagi jazolarga almashtirilishi haqida rasman ogohlantirish xatlari olindi.
Hozirda, bu boradagi tarbiyaviy profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati