Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB xodimlari tomonidan ko‘cha va jamoat joylarida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda
Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB xodimlari tomonidan jinoyatlarni aniqlash, ularni sodir etgan shaxslarni ushlash, jinoiy qilmishlarni fosh etish va javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash bilan birga aholining hushyorligi va ogohligini oshirish maqsadida bozorlarda, xiyobonlarda, ko‘cha va jamoat joylarida viktimologik profilaktik tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, tungi vaqtlarda maxsus guruhlar tuzilib, ko‘chalar, do‘konlar atroflari, xonadonlar, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari ko‘zdan kechirilib, fuqarolar ogohlantirilmoqda, qarovsiz qoldirilgan mulklar egalariga berilmoqda.
Jinoyatlar muhokamasi va “Street dialog” yaʼni ko‘cha suhbatlari o‘tkazilib, aholining bu boradagi huquqiy madaniyati oshirilmoqda.
Mulkni asrashni taʼminlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va ularning imkoniyatlari barchaga yetkazilmoqda.
Shahar hududida bemaqsad yurgan shaxslarga alohida eʼtibor qaratilib, ularning yurish maqsadlariga aniqlik kiritilmoqda.
Hozirda bu kabi profilaktik ogohlantirish ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati