7 Dekabr 2022 yil 370

Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari tomonidan taqiqlangan dori vositalarini sotayotgan ayol qo‘lga olindi    

Andijon viloyatida “Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bo‘lgan, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, ushbu tadbirlar doirasida joriy yilning 29 noyabr kuni Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida ayol fuqaro A.S Andijon shahrining Mustaqillik MFY, Mangulik ko‘chasida taqiqlangan dori vositalarini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, A.S.ning egnidagi qora rangli kurtkasining ichida 6 dona “tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tezkor-surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

 

Text to speech