19 Avgust 2023 yil
580
Andijon shahri faollari ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov boshchiligida mahallarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi
Unda Andijon shahri hududidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtini mavzunli o‘tkazish, kasb-hunarga o‘rgatish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Masʼullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati