Andijon shahri hududida “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda
Andijon shahri hududida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda alohida eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan shaxslar bilan manzilli profilaktik tadbirlarini tashkil etish maqsadida joriy yilning 12 sentyabr kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan "Xavfsiz hudud" maxsus profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Maxsus profilaktik tadbir Andijon shahrining kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 10 ta mahallalari hududida o‘tkazilib, tasdiqlangan taqsimotga asosan 161 nafar, shundan 111 nafar ichki ishlar organlari 10 nafar Milliy gvardiya va 40 nafar mahalla vakillari jalb qilindi.
Shuningdek, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tadbiri davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, tadbir davomida mahallalardagi mavjud 1 060 ta obyektlar tekshirib chiqildi. Jami 168 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlandi. Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash yo‘nalishida 93 ta huquqbuzarliklar aniqlandi, 7 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga olib kirildi.
Ov quroliga ega bo‘lgan 7 nafar shaxslar tekshirilib, qurollarni saqlanishi va ro‘yxatdan o‘tganligi o‘rganildi. Huquqbuzarlik sodir etganligi va shubha uyg‘otganligi uchun 223 nafar shaxslar IIO va TPlarga keltirildi.
Tadbirda 2 nafar shaxslar Reabilitatsiya etish markaziga joylashtirildi.Ichki ishlar organlarida profilaktik va Probatsiya hisobida turgan 228 nafar shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi.Maʼmuriy nazorat taʼsiri ostiga tushuvchi 13 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat o‘rnatildi.
Tadbir davomida giyohvandlik va ularning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 2 ta holatlar aniqlandi.Turli xildagi tig‘ va amalda tan jarohati yetkazish mumkin bo‘lgan predmetlar 8 nafar shaxslardan aniqlanib olindi.Sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida turgan 53 nafar shaxslar tekshirildi.
15 ta taʼlim muassasalarida “Davomat” va “Tig‘” profilaktik tadbirlari o‘tkazildi. Profilaktik hisobda turgan 10 nafar voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazildi.3 nafar voyaga yetmaganlarlarga vasiy va homiy tayinlandi.
Taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida 11 marotaba uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi. Aholi xonadonlari va boshqa obyektlarni markaziy qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha jami 1 ta arizalar olinib, shundan 1 ta savdo obyekti pultga ulanishi taʼminlandi.
Aholi gavjum va kriminogen hududlarga 5 ta shundan 2 tasi xonadon va 3 tasi savdo obyektlariga videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Hozirda maxsus profilaktik tadbir davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati