19 May 2021 yil 638

“Jinoyatdan xoli shahar” zarbdor 10 kunligi  doirasida 10 nafar yoshlarga fuqaroligini tasdiqlovchi “ ID” kartalar topshirildi

Mamlakatimizda har bir sohada yoshlarga bo‘layotgan eʼtibor tahsinga loyiqdir. Ularni vatanparvar, mard va jasur, ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ulardagi tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Shu yilning 18 may kuni viloyat IIB MvaFRB hamda Andijon shahri IIOFMB MvaRB hamkorlikda mahallalardagi uyushmagan aholi, shuningdek maktablarning 11 sinf bitiruvchilaridan tarkib topgan bir guruh yoshlarni viloyat IIB  “Shon sharaf” muzeyiga taklif etdilar. Yig‘ilganlar muzeydagi noyob eksponatlar bilan tashishib o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Tadbir jarayonida noodatiy holda 10 nafar yoshlarga fuqaroligini tasdiqlovchi “ID” kartalar rasmiylashtirilib, tantanali ravishda topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech