18 Noyabr 2021 yil
459
Andijon shahrida 19.000 AQSH dollariga uy sotishini aytib firibgarlik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2021-yil iyun oyida Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.F tanishi Farg‘ona shahrida yashovchi X.M.ning ishonchiga kirib, Andijon shahar 4-kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uylardan birini 19.000 AQSH dollariga sotishini aytgan va undan 5.000 AQSH dollari pullarini firibgarlik yo‘li orqali olib, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati