26 May 2022 yil 494

Andijon shahrida 2000 AQSH dollari evaziga “Gashish” sotayotganlar qoʻlga olindi

Joriy yilning 11-may kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar erkak fuqarolar N.A va Q.Xlar xolis xaridorga 105,5 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 2000 AQSH dollariga pullamoqchi boʻlgan paytda qoʻlga olindi.

Bundan tashqari fuqaro Q.Xning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda 0,41 gramm “Gashish” moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar boʻyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” hamda 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech