9 Noyabr 2020 yil 763

Andijon shahrida firibgarlik, o‘g‘irlik va talonchilik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Andijon shahridagi O‘zbegim xamda Mustaqillik MFY hududlarida firibgarlik, o‘g‘irlik va talonchilik jinoyatlarini oldini olish maqsadida ichki ishlar hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda profilaktik ogohlantiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, profilaktik ogohlantiruv tadbirlari davomida fuqarolarning o‘z mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari, xonadonlarini qarovsiz qoldirmasliklari, savdo do‘konlarini Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limlari tomonidan qo‘riqqa olinishi hamda video kuzatuv kameralari o‘rnatilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilyapti.

Shuningdek, bozor atorofidagi avtoturargohlarda haydovchilar bilan transport vositalarini qarovsiz qoldirmasliklari bo‘yicha ham ogohlantiruv suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, “Yangi bozor MChJ”, “Xolis savdo kompleksi” va  “Andijonim savdo kompleksi”larida mavjud bo‘lgan radiouzellar orqali fuqarolarni xushyorlikka chaqirish maqsadida ogohlantiruv efir chiqishlari yo‘lga qo‘yildi. Bu kabi hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech