7 Noyabr 2022 yil 400

Andijon shahrida fuqaro “nasha” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi

Andijon viloyatida “Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari bo‘lgan, kuchli taʼsir qiluvchi preparatlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Joriy yilning 4 noyabr kuni Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB JQB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Andijon shahrida yashovchi, B.N o‘zini shubhali tutganligi sababli yoni ko‘zdan kechirilganida 2 parcha varoqqa o‘ralgan o‘tkir hidli ko‘kimtir tusli quritilgan moddalar jami 3.26 gramm “nasha” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech