Andijon shahrida fuqaroning avtomashinasida “gashish” va psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi
2022 yil 10 sentyabr kuni, Andijon viloyati IIB JQB va Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1985 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro A.Sh.ning boshqaruvida bo‘lgan oq rangli “Neksiya 3” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda havo rangli poliyetilin parchasiga o‘ralgan 1 bo‘lak 2,15 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Shuningdek, A.Sh.ning boshqaruvidagi avtomashinasidan 3 dona “Regapen”, 1 dona “Tropikamid” nomli psixotrop dori vositalari, 1 dona “Naftizin” yozuvli hamda 1 dona shisha idishda oq rangli suyuqlik bo‘lgan dori vositalari olindi.
Holat yuzasidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati