Joriy yilning 21-yanvar kuni Andijon viloyati IIB JQB, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi A.E xolis xaridorga 2,09 gramm “Gashish” giyohvand moddasini 570 000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: