Andijon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan bir nechta fuqarolar ushlandi
Joriy yilning 6 sentyabr kuni Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Andijon shahar hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan erkak S.M xolis xaridorga 6,43 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini 500 000 so‘mga sotayotganida ushlandi.
Shuningdek, uning egnidagi shimining cho‘ntagida 6,37 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Xuddi shunday yana bir holatda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan, Andijon shahar hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Oltinko‘l tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro M.I xolis xaridorga 0,76 gramm “gashish” giyohvand moddasini 125 000 so‘mga sotayotganida ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati